Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshqa davlatlarni jazolashda energetikadan foydalanishga haqliligini ma'lum qildi
AQSh energetika vaziri Rik Perri Vashington boshqa davlatlarni “o‘zini nomunosib tutganlik” uchun jazolashda energetikadan bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishga haqli, deb aytdi.
“Javob yetarlicha ayon, AQSh o‘zini jahon hamjamiyatining munosib a'zosi sifatida tutmaydigan davlatlarga jazolanishlari haqida signal berishga haqli. Jazolashning ko‘plab yo‘llari bor. Energetika sohasi ulardan bittasi”, deb aytgan Perri “Nima uchun AQSh Rossiyani energetikadan boshqa davlatlarga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalangani uchun tanqid qiladi-yu, biroq o‘zi Erondan neft eksportiga embargo kiritishga urinadi?” degan savolga javoban.
Perri Tehron olib borayotgan siyosat “nomaqbul” ekanligini qo‘shimcha qilgan. “Eron hukumatiga signal aniqdir: siz jahon hamjamiyatining mas'uliyatli a'zosi bo‘lmas ekansiz, unda siz uchun sanksiyalar, bundan kelib chiqadigan oqibatlar bo‘ladi”, deb aytgan Perri rossiyalik hamkasbi Aleksandr Novak bilan muzokaralarga bag‘ishlangan matbuot anjumanda.
AQSh Rossiyani u go‘yoki Yevropaga energiya zaxiralarini yetkazishni uchinchi davlatlarga bosim o‘tkazish vositasi sifatida qo‘llashda bir necha marta ayblagan. Jumladan, Perri bu haqda Novak bilan gaplashgan. Rossiya esa AQSh qarshi chiqayotgan barcha loyihalari, jumladan “Shimoliy oqim-2” loyihasi faqatgina tijoriy maqsadlarni ko‘zda tutishini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026