Jahon | 15:12 / 14.09.2018
5438
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya rossiyaliklarning shubhali daromadlari bilan kurashni kuchaytiradi

Foto: Monika Skolimowska/dpa/Global Look Press

Buyuk Britaniya Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash bo‘yicha milliy kriminal agentlik bo‘linmasi rahbari Donald Tunning ma'lum qilishicha, mamlakat rossiyaliklarning shubhali daromadlari bilan kurashni kuchaytirish niyatida. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Uning ta'kidlashicha, agentlik kelib chiqish aniqlanmagan kapitalni xatlov qilish uchun orderlardan foydalanishni oshirish niyatida.

«Biz Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi qimmatbaho aktivlarini tekshirmoqdamiz hamda kelib chiqishi aniqlanmagan kapitalni xatlovga olish uchun order bo‘yicha asoslar taqdim etish va sudga bu borada murojaat qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqdamiz», - dedi Tun.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya boy ruslar uchun viza cheklovlari joriy etmoqchi ekani xabar qilingandi.

The Guardian’ning yozishicha, Britaniya Ichki ishlar vazirligi hozirgi vaqtda vizalar berish jarayonini, shuningdek, Buyuk Britaniyada 700dan ortiq badavlat rossiyaliklar uchun istiqomat qilish huquqini qayta ko‘rib chiqmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid