Britaniya Içki işlar vazirligi hozirgi vaqtda vizalar beriş jarayonini, şuningdek, Buyuk Britaniyada 700dan ortiq badavlat rossiyaliklar uçun istiqomat qiliş huquqini qayta körib çiqmoqda. Bu haqda The Guardian yozyapti.

Yangi çoralar Britaniyada «Noviçok» asab-falajlovçi modda bilan zaharlaş holati böyiça batafsil ma'lumotlar paydo bölgaç işlab çiqilmoqda. Uşbu hodisa oqibatida GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliya 2018 yilning mart oyida jabrlandi. London uni zaharlaşga Moskva aloqador ekanini bildirmoqda, Rossiya esa Buyuk Britaniya hududida yuz bergan bu voqeaga boğliq emasligini iddao etyapti.

Britaniya Içki işlar vazirligidagi manbaning ma'lum qilişiça, kelajakda rossiyalik investorlarga viza berişga çeklovlar joriy etiş talab qilinadi. Xususan, gap «investitsion viza»larning Tier 1 toifalaridan biri haqida ketmoqda. Ta'kidlanişiça, hozirça vaqtda vizalar 2015 yilning 5 apreliga qadar ularni olgan rossiyaliklar uçun qayta körib çiqilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallar işida Jyeneva şahrining muhim örni aniqlangandi.