Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook surat va videolarda «ruslar targ‘iboti»ni qidira boshlaydi
Facebook fotosuratlar va videoroliklardagi ma'lumotlarning to‘g‘riligini tekshira boshlaydi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Gazetaning ta'kidlashicha, bunday qadam soxta yangiliklar tarqatayotgan «rossiyalik targ‘ibotchilar» bilan kurashishga qaratilgan. Facebook’dan ma'lum qilishlaricha, faktlarni tekshirish ustida ham algoritmlar, ham odamlar ishlaydi.
«Noto‘g‘ri ma'lumotlar bilan kurashish uchun biz barcha turdagi kontentlarda axborotning ishonchliligini tekshirib ko‘rishimiz kerak», - deya ma'lum qildi mahsulotlar bo‘yicha menejyer Tessa Layons.
Bundan tashqari, fotosuratlar va videolardagi noto‘g‘ri ma'lumotlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham xabar berishi mumkin.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026