Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Markaziy Osiyo va Hindistonning nufuzli «aql markazlari» vakillari majlisi boshlandi
2018 yilning 13 sentabr kuni Samarqand shahrida «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisi o‘z ishini boshladi. Unda mintaqa va Hindistonning nufuzli «aql markazlari» vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Olimlar va ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyodagi hamkorlikning hozirgi holati, barqaror rivojlanishga xavf va tahdidlar bilan birgalikda kurashish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Majlis yakuniga ko‘ra siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalarida mintaqa davlatlarining Hindiston bilan hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi TIV qoshidagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo‘yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
19:35 / 05.07.2026
O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi - OAV
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
15:39 / 03.07.2026