Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda MDH davlatlari bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
20 sentabrda Dushanbeda MDH davlatlari bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi 17 ta banddan iborat. Jumladan, kengash a'zolari prokurorlik faoliyatining turli sohalaridagi ish tajribalari bilan almashadilar.
Yig‘ilish ishtirokchilari 2017 yilda jinoyat, terrorchilik va ekstremizmning boshqa alomatlari, giyohvand moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlar noqonuniy aylanmasi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, axborot texnologiyalari qo‘llangan holda sodir etiluvchi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma hamkorlik dasturlari qay darajada bajarilganiga yakun yasaydilar.
Bundan tashqari, kengash a'zolari korrupsiyaga qarshi kurash, o‘zga davlatda bo‘lgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish, xalqaro kelishuvlar bajarilishi masalalarini ko‘rib chiqishadi, 2019-2023 yillar uchun kengash ish rejasini tasdiqlashadi.
Kengash 1995 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Mavzuga oid
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025