Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv oldidan Idlibga og‘ir texnika jo‘natdi
Turkiya Suriyaning Idlib viloyatiga oxirgi vaqtdagi eng katta partiyadagi og‘ir texnikani jo‘natdi. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlariga iqtibos keltirgan holda Hürriyet nashri ma'lum qildi. Bu 16 sentabrda, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi arafasida yuz berdi.
Tank va boshqa zirhli texnika ortilgan 50 ta transport vositasidan iborat konvoy Idlibdagi Jisr ash-Shug‘ur shahriga yetib kelgan. Bu yerda Turkiya armiyasining 12 ta kuzatuv punktidan biri joylashgan. Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an Idlibdagi qurolli kuchlari kuchaytirilishini tinch aholini himoya qilish zarurati bilan tushuntirmoqda.
Idlib viloyati ayni vaqtda Suriyada muxolifatning qurollangan otryadlari tomonidan nazorat qilinayotgan oxirgi yirik viloyat bo‘lib qolmoqda.
Putin 17 sentabrda Sochida Erdo‘g‘an bilan Idlibdagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashdi.
13 sentabrda Suriya hukumat qo‘shinlari Idlib va Hama viloyatlaridagi jangarilarga qarshi hujum boshladi. Rossiyalik harbiylar ushbu manyovrlarda ishtirok etishmagan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026