Jahon | 22:29 / 17.09.2018
5320
1 daqiqa o‘qiladi

Eronning 180ga yaqin kompaniyasi Suriyani tiklashda qatnashishga tayyorligini bildirdi

Foto: Reuters

Eronning uy-joy va infrastruktura qurilishi sohasidagi 180ga yaqin kompaniyasi urushdan keyingi Suriyani tiklash ishlarida qatnashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Suriya uy-joy qurilishi va ijtimoiy ishlar vaziri yordamchisi Muhammad Seyfga tayanib Al-Watan gazetasi xabar berdi.

Seyfning so‘zlariga ko‘ra, Damashqda uy-joy qurilishi va ijtimoiy ishlar vaziri Husayn Arnus bilan Eron delegatsiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv davomida qurilish maydonlarini tayyorlash hamda ularda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod va fabrikalarni barpo etish haqida so‘z borgan. Muzokaralarda uy-joylar, to‘g‘onlar, tozalash inshootlari hamda elektrostansiyalar qurilishiga alohida e'tibor qaratilgan.

Avvalroq Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallem respublikani tiklash uchun 500 mlrd dollar mablag‘ talab qilinishini bildirgandi.

Mavzuga oid