Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston TIV: O‘zbekiston bilan davlat chegarasi yana 10 foizga muvofiqlashtirildi
Foto: kabar.kg
Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasi yana 10 foizga muvofiqlashtirib olindi. Bu haqda Bishkekdagi brifingda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani 85 foizga muvofiqlashtirib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan.
«O‘zaro tushunish mamlakatlarimiz o‘rtasida yaxshi. So‘nggi muzokaralar davomida ma'lum bir uchastkalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, bu haqda aniq nimanidir ayta olmayman. Biroq, ish 10 foiziga qadar yakunlandi, muzokara guruhlari tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Bu uzoq jarayon», - dedi u.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bosh vazirlar o‘rinbosarlari hamda komissiyalar darajasida davom etmoqda.
«Bu yil bosh vazirlar o‘rinbosarlari darajasida ikkita uchrashuv va komissiyalar darajasida 3-4ta uchrashuv o‘tkazildi. Yaxshi siljishlar bor», - dedi u.
Mavzuga oid
18:20
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
20:33 / 13.03.2026