Jahon | 12:20 / 17.09.2018
7705
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya Rossiyadan mamlakat hududida josuslik qilishni to‘xtatishni talab qildi

Foto: Getty Images

Shveytsariya tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan mamlakat hududidagi noqonuniy faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishi talab qilingan rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi Reuters agentligi. Mamlakat TIVning bildirishicha, rossiyalik fuqarolarning noqonuniy harakatlari sababli Rossiyaning Berndagi elchisi joriy yil davomida uch marta chaqirilgan.

Bayonotga shuningdek, Shveytsariya gazetalarida mamlakat hududida o‘nlab rossiyaliklar ishlayotgani, ularning «har to‘rtinchisi» josus ekanligi haqida xabarlar chop etilgani ham sabab bo‘ldi.

O‘tgan haftada Shveytsariya razvedka xizmati Buyuk Britaniya va niderlandiyalik hamkasblari bilan Berndagi kimyoviy birikmalar, xususan «Novichok» singari asabni falajlovchi moddalar tahlili bilan shug‘ullanuvchi laboratoriyaga bosim o‘tkazishga uringan Rossiya fuqarolariga nisbatan hamkorlikda tadbir o‘tkazganini ma'lum qildi.

Shu bilan birga Tages Anzeiger gazetasi Rossiya fuqarolari Jahon antidoping agentligiga kiberhujum uyushtirishga ham aloqador ekanligini ta'kidladi.

Rossiya elchixonasi Shveytsariya OAVda e'lon qilingan xabarlarni Rossiyaga nisbatan «asossiz va isbotsiz ayblovlar» deb atadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid