Times: YeI Brexit uchun Irlandiya chegarasi bilan bog‘liq masalani hal qilishga tayyor
Yevropa ittifoqi Shimoliy Irlandiya chegarasi bo‘yicha qaror qabul qilishga tayyorlanmoqda, bu Brexit bo‘yicha Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan yil oxiriga qadar kelishuvga erishish ehtimolini oshiradi, deb yozmoqda The Times gazetasi.
Yevropa ittifoqi tomoni Brexit bo‘yicha muzokaralarda Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi o‘rtasidagi chegarada bojxona nazoratini kamaytirish uchun texnologik yechimlardan foydalanishni mo‘ljallagan.
O‘tgan yili Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit uchun chegara masalasini hal qilishning muhimligi haqida ogohlantirdi, bu Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi o‘rtasidagi chegarada YeIdan chiqqandan keyin «jismoniy infratuzilma» paydo bo‘lmasligi uchun kerak.
Times gazetasining ta'kidlashicha, YeI rejasiga ko‘ra «ishonchli savdogarlar» tizimi yordamida yuklarni konteynerlarda shtrix kodlardan foydalangan holda kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi choralar Britaniyaning YeIdan chiqib ketganidan so‘ng yangi chegara oldi infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi. Yevroittifoqning Brexit bo‘yicha muzokaralardagi vakili Mishel Barne hozirgi vaqtda hujjatning shunga o‘xshash yangi matni ustida ishlamoqda, unda Irlandiya chegarasida nazoratni kamaytirishga qaratilgan reja bo‘ladi, deb yozmoqda Times.
Materialda qayd etilishicha, Britaniya TIV sobiq rahbari Boris Jonson YeIning dastlabki qo‘llab-quvvatlash rejasi Shimoliy Irlandiya Bryussel tomonidan «bosib olinishi»ga olib kelishi haqida ogohlantirgan. Shunga qaramay, YeI rasmiylari va yevropalik diplomatlar Brexit masalalari bo‘yicha vazir Dominik Raab Brexit’dan so‘ng Shimoliy Irlandiya uchun maxsus yechim yo‘q bo‘lgan muqobil «raqobatlashadigan» rejani taqdim etishga tayyorlanayotganidan tashvishga tushib qolishgan, deya qo‘shimcha qiladi Times.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha ultimatum qo‘ygandi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024