Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisini qabul qildi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 18 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbekni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida joriy yilning 27 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomi sifatida diniy erkinliklar ta'minlanishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi» mavzusidagi davra suhbatida ishtiroki to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Diniy erkinliklar amaliyotini yaxshilash sohasida hamkorlik masalasi, jumladan nohukumat tashkilotlari va tahliliy doiralar o‘rtasidagi aloqalar bo‘yicha O‘zbekiston-AQSh muloqotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
17:52 / 14.07.2025