Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya va Turkiyaning Idlib bo‘yicha kelishuviga izoh berdi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif keyingi haftalarda o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar tufayli Suriyaning Idlib viloyatida urushning oldi olinganini bildirdi.
"Keyingi bir necha hafta ichida mening Anqara va Damashqqa tashrifim hamda Tehrondagi Eron-Turkiya-Rossiya sammiti va Sochidagi uchrashuv davomida amalga oshirilgan intensiv mas'ul diplomatiya tufayli Idlibda urushning oldi olindi va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda qat'iyat ko‘rsatildi. Diplomatiya ishlamoqda", — deb yozdi Zarif Twitter’da.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Suriyaning Idlib viloyatida hukumat kuchlari va qurolli muxolifat to‘qnashgan chiziq bo‘ylab demilitarizatsiya zonasi tashkil etishga kelishib olishdi, ikki davlat mudofaa vazirlari esa Idlib viloyatida vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026