Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbol uchrashuvida tez yordam mashinasining o‘ziga yordam kerak bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Braziliya chempionatidan o‘rin olgan “Vasko da Gama” va “Flamengo” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda ham kulguli, ham achinarli voqea yuz berdi. O‘yin vaqtida “Vasko da Gama” himoyachisi Bruno da Silvaga tibbiy yordam talab etilgan va maydonga tez tibbiy yordam mashinasi chiqqan. Biroq mashina dvigateli o‘chib qolgani sababli mustaqil ravishda maydonni tark eta olmagan.
Natijada ikki jamoa o‘yinchilari “bir yoqadan bosh chiqarib” tez yordam mashinasini itarishga tushishgan. Mashina bir necha metrdan keyin o‘zi yurib ketgan.
Ayni vaqtda “Flamengo” musobaqa jadvalining 4-o‘rnini, “Vasko da Gama” esa 17-o‘rnini egallamoqda.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026