Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi ijara uchun eng qimmat uylar joylashgan hududlar ma'lum qilindi
Savills kompaniyasining bildirishicha, Moskvada hashamatli uylar ijarasi uchun oyiga o‘rtacha 200 ming rubl so‘ralmoqda.
Eng qimmat xonadonlar ijarasi uchun eng ko‘p taklif Arbat — Kropotkinskaya, Tverskaya — Kreml, Leningradskiy prospekti, Lubyanka — Kitay-gorod va Krasnopresnenskaya hududlariga to‘g‘ri keladi.
Shahardagi eng qimmat ijara narxlari Arbat va Kropotkinskiyda qayd etilgan. Bu yerda xonadon ijarasi uchun oyiga 400 ming rubl (5800 dollardan ortiq) so‘ralgan. Krasnopresnenskiy rayoni, Tverskaya ko‘chasi va Kreml atroflarida bir oylik ijara narxi mos ravishda 330 va 320 ming rublni (4800 va 4700 dollar), Patriarshiye prudida esa oyiga o‘rtacha 310 ming rublni (4500 dollar) tashkil etadi.
Avvalroq «Inkom-Nedvijimost» kompaniyasi tahlilchilari poytaxtdagi eng arzon uylar ijara narxini tahlil qilishgandi. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, Moskvada eng arzon ijara narxi oyiga 20 ming rublni (300 dollar atrofida) tashkil etadi. Bunday xonadonni Zelenograd administrativ okrugida ijaraga olish mumkin. MKAD ichida joylashgan va metroga yaqin xonadonlar ijarasi oyiga 23 ming rubldan boshlanadi (338 dollar).
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026