Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya poytaxtiga yetib keldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanga kelgan janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje Inni samolyot trapi yonida shaxsan o‘zi kutib oldi. Ikki yetakchi bir-birlarini qo‘l siqishib, quchoq ochib qarshilashgan.
O‘z navbatida Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi Kim Chjon Sukni Kim Chen Inning rafiqasi Li Sol Chu qarshilagan. Koreya xalq armiyasi harbiy orkestri qutlov marshini ijro etgach, ikki yetakchi aeroport binosi tomon salyutlar sadosi ostida yo‘l olishgan.
Aeroportda Pxenyan aholisi zich tizilib, Janubiy Koreya prezidentini “Millatning birgalikdagi kuchi bilan tinchlik va farovonlik davrini ochamiz!”, “Prezident Mun Chje Inning Pxenyanga tashrifini qizg‘in qutlaymiz” degan yozuvli transparantlar, Shimoliy Koreya bayroqlari va Koreya yarimorolining oq fondagi ko‘k rangdagi tasviri tushirilgan yagona Koreyaning ramziy bayroqlari bilan qarshi olgan.
Janubiy Koreya prezidentining Pxenyanga tashrifi 3 kun davom etadi. Muzokaralarning bosh mavzusi Koreya yarimorolini yadroviysizlashtirish bo‘ladi. Muzokaralar kun tartibiga uchta asosiy mavzu kiritilgan: ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va rivojlantirish, Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi yadroviysizlashtirish bo‘yicha muzokaralarning borishi, Koreya yarimorolida harbiy taranglik darajasini pasaytirish va urush xavfining oldini olish.
Bu Janubiy Koreya prezidentlarining Pxenyanga oxirgi 11 yildagi ilk tashrifidir. Shimoliy Koreyaga oxirgi shunday tashrifni 2007 yil oktabrda Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti No Mun Xyon amalga oshirgan.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024