Bosh prokuratura Jizzaxdagi majburiy mehnat holati haqida tarqalgan xabarga izoh berdi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi 03/1-211-sonli topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyat Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi paxta yig‘im-terimiga 526 nafar shaxslar jalb etilgan bo‘lib, shundan 500 nafar terimchilardir.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Do‘stlik tumaniga yuborilgan har bir terimchiga bir oklad miqdorida moddiy yordam berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tashabbusi bilan mazkur shaxslar 17.09.2018 yilda poyezd orqali bepul Jizzax viloyatiga yuborilgan.
Bildirilishicha, Suv xo‘jaligi vazirligining topshirig‘iga asosan 526 nafar xodim ixtiyoriy ravishda Jizzaxga terimga ketishgan, hozirgi kunda ular bilan mehnat shartnomasi tuzilgan.
Ular ixtiyoriy ravishda pul ishlash istagida ketganligi uchun va bu holatda majburlash yo‘qligi sababli qonunbuzilishi kuzatilmagan. Bundan tashqari, anonim tarzda murojaat etgan fuqaroning telefon raqami ishlamasligi aniqlangan.
Mavzuga oid
09:00
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
19:00 / 24.10.2024