Jahon | 19:29 / 19.09.2018
17127
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Foto: TASS/Donat Sorokin

Nijyegorodsk oblastidagi Molochnaya ferma posyolkasi hududida MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Uchuvchilar katapulta orqali samolyotni tark etishga ulgurishgan. Ma'lum qilinishicha, samolyot qulashidan oldin undan yong‘in chiqqan.

Mudofaa vazirligining bildirishicha, dastlabki ma'lumolarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

MiG-31 — tovushdan tez uchuvchi barcha ob-havo sharoitlariga moslashgan to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyoti. U 1979 yildan turkum ishlab chiqarila boshlangan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid