Jahon | 10:48 / 19.09.2018
8581
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston sakkiz oy ichida 29 mln dollarlik gumanitar yordam oldi

Foto: Aziya-plyus

Tojikistonga joriy yilning sakkiz oyi davomida 54 mamlakat tomonidan 29 mln dollarlikdan ortiq gumanitar yordam yetkazib berildi, deb xabar berdi Avesta.

Mamlakat statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yetkazib berilgan gumanitar yordam, xususan un, o‘simlik moyi, dori-darmon vositalari va boshqalar hajmi 20 ming tonnaga yaqinni tashkil etgan.

Gumanitar yordam jo‘natgan mamlakatlar orasida eng ko‘p ulush Rossiya (18,7%), Xitoy (13,4%), Fransiya (9,3) va Hindistonga (8,6%) to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid