Singapurda binolarni 3D chop etish uchun robotlar loyihalarini ishlab chiqishmoqda
3D chop etish texnologiyasi yordamida deyarli hamma narsani yaratish mumkin. Biroq har qanday, hatto eng yaxshi printerlarning ham katta kamchiligi bor: ular muayyan bir joyda o‘rnatilishi kerak. Keyin esa u yerdan chop etilgan materiallarni olib ketish zarur bo‘ladi. Printer istalgan joyda chop eta olganida qulay bo‘lardi. Singapurlik olimlar 3D chop etish uchun mobil robotlarni yaratish orqali aynan shuni amalga oshirish istagidalar.
Ishlanma uchun Nanyan texnologiya universiteti olimlari javob berishadi. Tadqiqotlar vaqtida ular robotlar yordamida ilk marta beton konstruksiyani chop etishdi. Mualliflarning ta'kidlashicha, «Bunday tizimning afzalligi jarayonda ishtirok etmagan holda istalgan o‘lchamdagi detallarni yaratish imkoniyatidir».
Robotlar konstruksiyasida harakatlanuvchi platformadagi mexanik manipulyatorlardan foydalanilgan. Bunda bir necha robotlarni ularning har biri umumiy loyihaning detallari ustida ishlash jarayonida bir detalni yaratish uchun qo‘llash mumkin. Robotlardan foydalanish chop etish jarayonini tezlashtirib qolmay, detallar mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Chunki bir necha qismlarni birlashtirishga to‘g‘ri kelmaydi. Yaratiladigan konstruksiyalar aniq, chunki ishdagi kamchilik 1 millimetrdan oshmaydi.
Kelajakda muhandislar robotlar ishining radiusini kengaytirishni istashmoqda. Buning uchun ular teleskopik platformalarga joylashtiriladi va to‘sqinlik hamda ishchilarni aniqlash tizimi konstruksiyasi bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari, mualliflarning rejalari haqiqatan ham ulkan: ular robotlardan nafaqat Yer sayyorasi, balki Marsda ham foydalanish mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
21:58 / 25.10.2024
Sun’iy intellektga ega robot tomonidan chizilgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
20:44 / 11.10.2024