Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda innovatsion pedagogika qo‘shma fakulteti ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Belarus Respublikasi Ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan idoralararo oliy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetida innovatsion pedagogika o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, bu borada Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich, Belarus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Juk boshchiligidagi delegatsiya a'zolari hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishuvga erishildi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti o‘rtasida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Qo‘shma fakultetga dastlab logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar talaba qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari ikkala universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan eng ilg‘or tajribalar asosida olib boriladi. Talabalar o‘quv jarayoni va amaliyotning bir qismini Belarusda o‘tishadi hamda bitiruvchilarga Belarus va Toshkent davlat pedagogika universitetlarining diplomi (double degree) beriladi.
Hozirda belarus-o‘zbek innovatsion pedagogika qo‘shma fakultetiga hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish va o‘quv jarayonini boshlash bilan bog‘liq masalalar hal etilmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 01.06.2026