Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Su-35 va S-400 sotib olgani uchun Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Xitoy markaziy harbiy kengashining qo‘shin tayyorgarligi va ta'minoti departamenti hamda uning rahbari Li Shanfuga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
— Xitoy 2017 yil dekabrda "Suxoy" kompaniyasining 10ta Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olgani uchun shunday qarorga keldik. Ular shuningdek, shu yil yanvarda bir nechta S-400 tizimini sotib olgan, — dedi AQSh ma'muriyati vakili.
Uning aytishicha, Xitoy AQSh sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan "Rosoboroneksport" bilan muzokara olib borgan.
Kuni kecha AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026