Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya ta'lim va madaniyat vazirining o‘rinbosari korruptsion mojaro tufayli iste'foga chiqdi
Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Kadzuo Todani vazirlikdagi pora olish holatlari sababli iste'foga chiqdi.
Bu keyingi ikki yilda vazirlikdagi mojarolar sababli vazir o‘rinbosari iste'foga chiqqan ikkinchi holatdir. O‘tgan yili Todanining o‘rnida bo‘lgan Kixey Maekava ham pensiyaga chiqqan vazirlik amaldorlarining davlat ta'lim muassasalariga rahbar etib tayinlanishi bilan bog‘liq mojaro sababli iste'foga chiqqandi.
Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga mazkur holatni "o‘ta achinarli" deb atadi va vazirlik bunday holatlar yuz berishining oldini olishi zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026