Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada mudhish YTH: 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlandi
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, 2018 yil 22 sentabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani «Belariq» MFY hududidan o‘tuvchi PK- 51.2 «Navbahor – Uch uy – Oltiariq – Vodil» avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil vositasi boshqaruvni yo‘qotgan.
FVV xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan «VAZ-2106» rusumli hamda «Lasetti» rusumli avtomobil vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, «VAZ-2106» rusumli avtomobil vositasi yo‘lning o‘ng tarafidagi zovurga tushib ketgan, «Lasetti» rusumli avtomobil vositasi ham yo‘lning o‘ng tarafidagi zovurga tushib, yonib ketgan.
YTH natijasida, 3 nafar fuqaro vafot etgan, 3 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1. Baxtiyor Xojiakbarov, 1977 y.t.
2. A'zamjon Maxmudov, 1999 y.t.
3. Axrorjon Kamoliddinov, 1999 y.t.
Tan jarohati olgan fuqarolar:
1. Kamoliddin Manazarov, 1938 y.t.
2. Xursanoy Manazarova, 1952 y.t.
3. Dilmurod Komilov, 1989 y.t.
Jarohatlangan fuqarolar Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026