Latviyalik xaker AQShda 14 yilga qamaldi
Latviya rezidenti, 38 yoshli Ruslans Bondars josuslik dasturi yaratgani uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar tarqatdi.
Vazirlikdan aytishlaricha, erkak xakerlarga qurbon kompyuteridagi antivirus ularning viruslari hamda zararli dasturiy ta'minotni aniqlashi mumkin yoki yo‘qligini tekshirishda yordam bergan «aksil-antivirus» yaratgan.
Bondar 2009 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida dastur bilan ishlagan. Ma'lum bir haq evaziga u yirik riteylerlar, moliya kompaniyalari va davlat idoralari kompyuterlari hamda tarmoqlarida kiberhimoyadagi kamchiliklar haqida ma'lumot bergan.
Prokurorlarning xulosa qilishicha, erkak Amerika biznesiga hujum qilgan xakerlarga «katta yordam» taqdim etgan.
Qamoq muddatidan tashqari, keyinchalik sud Bondarsning mablag‘lari bir qismini musodara etish haqida qaror qabul qiladi. Ular kompaniya va idoralarning zararlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon tomonidan taqdim etiladigan kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyada Rossiya va Xitoy Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy tahdidlar deyilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024