17-26 sentabr kunlari Olmaota şahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) taşabbusi ostidagi CALP-2018 (Central Asian Leadership Programme) - IX Markaziy Osiyo yetakçilik dasturi (MOYeD) doirasidagi tadbirlar bölib ötmoqda, deya xabar beradi KUN.UZ muxbiri. 

Markaziy Osiyo mintaqasida suv, iqlim özgarişi va atrof-muhit bilan boğliq qator yönalişlarda global fikrlovçi, innovatsiyalarga tayyor, muayyan könikmalarga ega yoş mintaqaviy yetakçilar hamda yangi avlod boşqaruvçilarining rolini oşirişga katta e'tibor qaratilmoqda. 

IX MOYeDning asosiy maqsadi - yoş yetakçilarning Markaziy Osiyo mintaqasida tendensiyalar, amaldagi hamda yangi çaqiriqlar, mavjud imkoniyatlar va sa'y-harakatlarga doir salohiyati va tuşunçasini oşiriş, şuningdek Markaziy Osiyo yoş yetakçilarining davlat idoralari, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, biznes va xalqaro hamjamiyatlari örtasidagi mintaqaviy muloqotni mustahkamlaşdagi rolini namoyiş qiliş. 

IX Markaziy Osiyo yetakçilik dasturi şiori: "Markaziy Osiyo yetakçilari - mintaqaviy hamkorlik va "ifloslanişdan xoli sayyora" tarafdori.

Tadbirning asosiy mavzulari 5-8 iyun kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi (MOXEF)dagi mavzuiy yönalişlar bilan uyğunlaşgan:
⦁    qayta tiklanuvçi energiya manbalari va energosamaradorlik;
⦁    suv diplomatiyasi: suv resurslarini boşqarişda mintaqaviy hamkorlik;
⦁    qöriqlanuvçi tabiiy hududlarda bioxilma-xillikning saqlanişi va tarmoqning rivojlanişi;
⦁    qattiq maişiy çiqindilarni kosmpleks boşqariş;
⦁    sektorlararo yondaşuv - Markaziy Osiyoda suv, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikka erişiş uçun barça resurslardan oqilona foydalaniş imkoni.

MOMEMning "Barqaror rivojlaniş yölidagi ta'lim" dasturi menejyeri Tatyana Şakirova Yetakçilik dasturi haqidagi qiziqarli ma'lumotlari bilan bölişdi: 
"Markaziy Osiyo yetakçilik dasturi ilk marta 2010 yilda Ostona şahrida yölga qöyildi. Birinçi yili beş mamlakatdan atigi 13 nafar iştirokçi qatnaşgan bölsa, sönggi beş yilda ularning soni asosan 30-35 kişini taşkil qilmoqda. Bu yil 5 öringa 40 dan ortiq kişi da'vogarlik qildi. Dastlab Afğoniston dastur tarkibida  bölmagan. 2011 yilda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamkor sifatida taklif qilingan. Dastur Ostonadagi Nazarboyev universiteti bazasida ötkazildi, keyinroq MOMEM uni Olmaotadagi idorasida ötkaziş taşabbusi bilan çiqdi. MOMEM Yetakçilik dasturining ham moliyaviy, ham taşkiliy tomonlarini öz zimmasiga olgan".