Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligida investorlarning 20 dan ortiq loyihalari muhokama etildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bugun 22 sentabr kuni poytaxt hokimligida navbatdagi “Investor kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda Bektemir, Olmazor tumanlaridan tashrif buyurgan tadbirkor va investorlarning 20dan ortiq loyihalari muhokama etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdim etilgan loyihalar ijtimoiy soha obektlari, xususan zamonaviy mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va ko‘ngil ochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarni barpo etishni ko‘zda tutadi.
“Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev loyihalarning avvalo, yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi va aholi manfaatlariga har tomonlama mos bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Xususan, Ortiqxo‘jayev Olmazor tumanida yillik tovar aylanmasi 5 million AQSh dollari bo‘lgan “Denta servis” xususiy stomatologiya va tibbiyotda og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona loyihasi bilan tanishdi. Poytaxt hokimi loyihani qo‘llab-quvvatlab, poytaxtda sifatli xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot markazlari ko‘payishiga ishonch bildirdi”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, tavsiya etilgan loyihalarning 80 foizi ma'qullangan.
Mavzuga oid
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026