Jamiyat | 18:08 / 24.09.2018
8603
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Bo‘ka tumanida «Yoshlar kelajagi» mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida Chirchiq Davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda "Yoshlar kelajagi " davlat dasturi asosida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. Unda Bo‘ka tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 7- maktab direktori Donoxon Jumaboyeva o‘zining “Kelajak maktabi” deb nomlangan loyihasi taqdimotini o‘tkazdi.

Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihaning maqsadi yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarashlari va qat'iy pozitsiyasiga ega bo‘lgan, dunyoqarashi yetuk, yuksak madaniyatli komil shaxslarni shakllantirishdan iborat.

Loyiha o‘z oldiga mediata'limni takomillashtirish orqali yosh avlodni hayotga tayyorlash, texnik vositalar va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida muomala usullarini ishlab chiqish va ta'lim jarayoniga tatbiq etish, axborot resurs markazlari bilan har bir maktabni ta'minlash, kutubxonalarni internet-kutubxonaga aylantirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

“Loyihani “Kelajak maktabi” yoki “Forsayt maktabi” deb nomladim. “Forsayt” so‘zi inglizchadan tarjima qilinganda “kelajakka nazar” degan ma'noni anglatadi. Hozirda 1-sinfda o‘qiyotgan farzandlarimiz yaqin kelajakda jamiyatimizning taraqqiyotini belgilovchi, vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohasini rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Shu sababli kelajagimizni aniq va konstruktiv tarzda rejalashtirishimiz lozim. Bejizga xitoyliklar “O‘n yildan so‘ng nima bo‘lishini bilishni istasang maktabga bor deyishmaydi”, deydi Donoxon Jumaboyeva.

Loyiha taqdimoti yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir ishtirokchilari loyiha borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Mavzuga oid