Maşina olib qoçib, Böka tumanida IIB xodimini piçoqlagan andijonlik ikki yigitga sud hukmi öqildi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Andijon viloyati Xöjaobod tumanida yaşovçi F.Ş. (2007 yil 14 mayda tuğilgan) hamda voyaga yetmagan F.X. (2007 yil 2 dekabrda tuğilgan) Namangan viloyatiga ketiş maqsadida Samarqand şahridan yölovçi sifatida Cobalt maşinasiga mingan. Ular Sirdaryo viloyati hududida haydovçi hojatxonaga kirib ketganida maşinani olib qoçgan.
1 avgustdan 2 avgustga ötar keçasi yigitlar Toşkent viloyati Böka tumani hududida harakatlanib ketayotganida ularni Böka tumani IIB tezkor vakili mayor Nurbek Şodiyev töxtatgan. Ammo IIBga olib ketiş paytida ulardan biri xodimning böyniga piçoq bilan jarohat yetkazgan. Söngra yigitlar Cobalt’ni öşa yerda qoldirib, xodimning Matiz maşinasini haydab, qoçib ketgan.
“Tez ham ketmayapman, qişloqning yöli. Öşa vaqtda men telefonda gaplaşdim. Telefonni öçirib, uni çöntagimga solganimda orqamda ötirgan bola böynimga birdan piçoq sançib qoldi. Öşa yerda töxtab turibmiz, men qonni töxtatiş uçun maşinani öçirdim, kanalga tuşmoqçi böldim. Menga piçoq urgan bola rulga ötirib oldi. Xullas, u bola maşinani öt oldirdi, men ham oldiga çiqdim va maşinani olib qoçma, dedim. U baribir maşinani olib qoçib ketdi”, degan Böka tumani IIB tezkor vakili Nurbek Şodiyev.
Şundan söng ular Ohangaron tumanida töxtaş işorasini bergan YPX inspektorini ham urib yuborgan.
JIB Böka tuman sudi hukmi bilan F.Ş. va F.X. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “g,o,p,r” bandlari hamda 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli deb topildi. Voyaga yetmagan F.X.ga 9,5 yil, F.Ş.ga esa 15,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

















