Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilindi
2019 yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Hujjatda aytilishicha, mazkur qaror “fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida” qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2018 yil 1 oktabrgacha fermer xo‘jaliklarining ro‘yxatini aniqlaydi va fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari o‘rtasida 2019 yil paxta xomashyosi hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatadi.
Fermer xo‘jaliklari tomonidan olingan majburiyatlarni bajarmasligi sababli bo‘shaydigan yer maydonlaridan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarni ta'minlaydigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ushbu maydonlardan foydalanish huquqini tomchilatib sug‘orishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish sharti bilan belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
09:42 / 31.12.2025