Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Immunologiya: Toshkentda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda
Poytaxtda "Immunologiya - fanlararo muammolar" ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. 24 sentabr kuni mazkur anjumanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi KUN.UZ muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan o‘tkazilmoqda. Anjuman immunologiya, tibbiy genetika va ularga bog‘liq klinik fanlarga oid dolzarb masalalarni qamrab oladi.
Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti B.Yo‘ldoshev boshchiligidagi olimlar hamda Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Rossiya immunologlar ilmiy jamiyati prezidenti V.Chernishev boshchiligidagi delegatsiya vakillari qatnashishdi.
Anjumanda immunologiyani rivojlantirishga doir masalalar ko‘tarildi, immun tizimi faoliyatidagi buzilishlar, tug‘ma nuqsonlar, kasalliklarning erta diagnostikasi kabilar muhokama etildi. Jumladan, O‘zbekistonda immunologiya va genomika rivojlanishi tarixi haqidagi material taqdim etildi.
O‘z o‘rnida, rossiyalik olimlar OIV-infeksiyalar immunopatofiziologiyasi, mukozal immunitet (shilliq qavatlar immun tizimi) sohasidagi kuzatuvlari va tadqiqotlari va dastlabki immunitet tanqisligiga doir tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Konferentsiya 24 sentabrdan 26 sentabrga qadar (24-25 sentabr - Toshkentda, 26 sentabr - Buxoroda) o‘tkaziladi. Mazkur tadbir bilimlar integratsiyasi va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026