Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leyboristlar Brexit bo‘yicha Meyning rejasiga qarshi ovoz berishni rejalashtirmoqda
Britaniyaning leyboristlar partiyasi vakillari Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey tomonidan Brexit bo‘yicha taklif etilgan har qanday rejaga qarshi ovoz berish niyatida. Bu haqda Reuters axborot agentligi Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha «yashirin» vaziri ser Kir Starmerning nutqidan olingan parchalarga asosan xabar bermoqda.
Partiyaning yillik yig‘ilishida Starmer leyboristlar «ularning tekshiruvidan o‘tmaydigan», Brexit bo‘yicha kelishuvga qarshi ovoz berishni rejalashtirayotganliklari haqida ma'lum qilgan. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, ehtimol, Mey «tumanli kelishuvni» taqdim etishi ham mumkin.
«Hech qanday «mabodo» va hech qanday «biroq». Agar bosh vazir biz tumanli, noaniq kelishuvga yo‘l qo‘yib beramiz, deb o‘ylasa... unda u yana bir bor o‘ylab ko‘rishi kerak», - deyiladi Starmerning nutqida.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, konservatorlar Brexit bo‘yicha ishonchli rejani tayyorlay olishmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar parlament Mey tomonidan Brexit bo‘yicha taklif etilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasa, unda leyboristlar Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha ikkinchi referendumni o‘tkazish uchun ovoz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London «yangi sovuq urush»da Moskvaga mag‘lub bo‘layotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026