O‘zbekiston | 17:37 / 25.09.2018
4097
4 daqiqa o‘qiladi

Mingbuloq tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi 

Foto: Pinterest

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligining “Namangan viloyatining Mingbuloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurish orqali Mingbuloq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks o‘rganib chiqilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajasida hal etilishi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mintaqaviy “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Hujjat bilan 2018–2019 yillarda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini bandligini ta'minlash dasturi tasdiqlanishi mumkin.

Namangan viloyati hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan Dasturni so‘zsiz bajarilishini ta'minlasin hamda bu borada investitsiya loyihalarining
o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;

muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Namangan viloyati hokimiga (X. Bozorov) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan kelishgan holda, loyihalarning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan Dasturiga zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan umumiy maydoni 1,5 ga kichik sanoat zonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Namangan viloyati hokimligining “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tuyaqushlarni ko‘paytirishga oid yosh tuyaqushlarni inkubatsion takror ishlab chiqarish, ko‘paytirish va tuxum qiladigan tovuqlarni boqish hamda tuyaqush terisiga ishlov berish va qayta ishlashdan iborat kompleks tashkil qilishga oid investitsion loyihani 2018–2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha taklifi qabul qilinadi.

Namangan viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Mingbuloq tuman “Madyarovul” fuqarolar yig‘ini hududida 218 gektar maydonda baliq klasteri tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilishi mumkin, quyidagilar baliq klasterining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

sun'iy suv havzalarini yaratish va baliqlashtirish, naslchilik xo‘jaliklarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy inkubatsiya sexi faoliyatini tashkil etish, mayda baliq chavoqlarini yetishtirish hajmini ko‘paytirish;

ozuqa bazasini mustahkamlash, o‘z ehtiyojlari va baliq xo‘jaliklari uchun muvozanatli va yuqori oqsilli yem-hashak yetishtirish uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish, don va don ekinlari va yog‘li urug‘larni ekish yo‘li bilan soya yetishtirish;

innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy etish hisobiga yetishtiriladigan baliqlar hajmini ko‘paytirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid