Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone Xs tannarxi oshkor qilindi
TechInsights mutaxassislari iPhone Xs komponentlari narxini hisoblab, smartfon tannarxini ma'lum qilishdi.
Ma'lum qilinishicha, 256 Gbayt xotiraga ega iPhone Xs Max qismlari umumiy narxi 443 dollarni, ya'ni 64 Gbli s iPhone X’dan 48 dollar qimmatroq turadi. Smartfonning bozordagi narxi esa 1100 dollarni tashkil qiladi. Smartfonning eng qimmat qismi 6,5 dyuymli OLED-displeyi bo‘lib, u 80,5 dollar turadi. Apple A12 Bionic protsessori narxi 72 dollarni tashkil qiladi.
So‘ngra narx bo‘yicha tezkor xotira (64,5 dollar), korpus (58 dollar) va kameralar (44 dollar) keladi. Smartfonning eng arzon qismi akkumulyatori bo‘lib, 9 dollar turar ekan. Tadqiqotda qurilmani ishlab chiqish, dasturiy ta'minotini yaratish, logistika va marketingga ketgan xarajatlar hisobga olinmagan.
Apple 12 sentabrda yangi iPhone Xs, Xs Max va Xr smartfonlarini taqdim qildi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026