NATO bosh kotibi Rossiyaning harakatlaridan tashvish bildirdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan nima haqida gaplashganini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Polshada Amerika bazasini tashkil etish, Rossiyaning «Vostok» harbiy mashqlari va NATOning rejalashtirilayotgan Trident Juncture mashqlari muhokama qilindi.
«Bundan tashqari, men NATO Rossiyaning Ukrainada hamon davom etayotgan tajovuzkor harakatlaridan tashvishda ekanini bildirdim hamda Solsberidagi hujumdan so‘ng Buyuk Britaniyani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimizni aniq tushuntirdim», - deya aytib o‘tdi Stoltenberg.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshada «Fort Tramp» bazasi paydo bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024