Jahon | 09:19 / 27.09.2018
3913
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda dunyoda 10 mingdan ko‘proq terakt amalga oshirilgani ma'lum qilindi  

Foto: DPA

Marokash tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Nasir Burita Terrorchilikka qarshi butunjahon forumi sessiyasidagi nutqida 2017 yilda teraktlar soni kamayganini ma'lum qildi. Tadbir BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasi doirasida o‘tmoqda.        

“2017 yilda 10900 ta, ya'ni 2016 yildagidan 20 foiz kamroq terakt sodir etildi. 18488 kishi ularning qurbonlariga aylangan”, deb qayd qilib o‘tgan Burita.

“Terrorchilikka qarshi butunjahon forumi davlatlari bilan birgalikda sezilarli natijalarga erishildi, biroq bu barcha maqsadlar amalga oshirilganini anglatmaydi. Hali yengish kerak bo‘lgan sinovlar bor. 2017 yilda umumiy teraktlarning 93 foizi Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrikaning Sahroi kabirdan janubdagi davlatlarida sodir etilgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Burita.

“Terrorchilik jangarilar va ular oilalarining ixtiloflar hududlaridan qaytishi, ko‘chishi sababli boshqa hududlarga ham borgan sari tarqalmoqda. Adovatni yoyish va yollash bilan shug‘ullanuvchi odamlar tomonidan solinadigan xavflarni hisobga olib, alohida hushyorlik namoyon qilish lozim. Forum terrorchilik faolligi dinamikasini tushunish, javob qaytarishning samarali siyosati va aniq choralarini ishlab chiqish bo‘yicha muhim rol o‘ynaydi”, deb aytgan Marokash vaziri.

Mavzuga oid