Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning F-35B qiruvchilari o‘z tarixidagi ilk jangovar zarbani amalga oshirdi
AQShning 5-avloddagi F-35B qiruvchi samolyotlari o‘z tarixidagi ilk jangovar zarbani amalga oshirdi. Bu haqda bir nechta harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda Military.com ma'lum qildi.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, zarba “oxirgi 24 soat ichida” Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati pozitsiyalariga berilgan. Bu samolyot F-35’ning 3 ta modifikatsiyasidan vertikal qo‘na oladigan yagonasi bo‘lib, uchish uchun minimal masofani talab qiladi.
Samolyot USS Essex amfibiya kemasi palubasidan havoga ko‘tarilgan. Avval bu samolyotlar Somalidagi razvedka missiyasida qo‘llangan, so‘ngra Adan ko‘rfazidan Arabiston dengizining shimoliy qismiga jo‘nagan.
Kam darajada seziluvchi, ko‘p maqsadli F-35 Lightning II samolyotlari oilasi Lockheed Martin tomonidan yaratilib, 2001 yildan beri ishlab chiqariladi. Qiruvchi samolyot uchta modifikatsiyaga ega: A (harbiy-havo kuchlari uchun), B (vertikal qo‘nuvchi va kichik masofadan ucha oluvchi) va C (paluba).
F-35 Lightning II samolyotlarini yaratish dasturi 1,5 trln dollarga tushgan va qurol ishlab chiqarish bo‘yicha tarixdagi eng qimmatbaho dastur hisoblanadi. Muhandislar samolyotni yaratish jarayonida ko‘plab muammolarga to‘qnash kelishgan, rejalashtirilgandan yuzlab milliard dollar ko‘proq mablag‘ sarflab yuborishgan va samolyotni safga kiritishga kamida 7 yil kechikishgan.
Bunday bir dona samolyotni qurish qiymati 150 mln dollarga, uni bir soat qo‘llash xarajatlari esa 35 ming dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026