Jamiyat | 11:42 / 28.09.2018
10907
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon tibbiyot kollejida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

27 sentabr kuni Andijon tibbiyot kollejida “Dars jarayonida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning joriy etish metodologiyasi” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirok etgan kasb-hunar kollejlari direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ertalab soat 8:00 da tashkil etilgan o‘quvchilarning ertalabki ritual marosim jarayoni, o‘quvchilik liboslarining tadbiq etilganligi, profilaktika darslarini o‘tkazish, ta'lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etilganligi, o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda axborot-resurs markazi “Kitobxonlik klubi” a'zolari tomonidan o‘tkazilgan kitobxonlik tadbirlarini kuzatdilar.

Shuningdek, Andijon tibbiyot kollejida uzoq yillar mobaynida yoshlarni Vatanga muhabbat va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda samarali mehnat qilayotgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan 12 nafar pedagog-xodim 1-oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan boshqarma boshlig‘i Furqatbek Buzrukov tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Seminar yakunida kun tartibidagi masalaning muhimliligidan kelib chiqib, har bir kasb-hunar kollejida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini to‘laqonli ijrosini ta'minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish yuzasidan ta'lim muassasalari direktorlari va o‘rinbosarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ
muxbiri

Mavzuga oid