Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroilni yadroviy qurol ishlab chiqayotganlikda aybladi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tehronda maxfiy “atom ombori” topilganini aytgandan so‘ng Isroilni “noqonuniy yadroviy qurol dasturi”ni olib borayotganini tan olish va xalqaro inspektorlarga u bilan tanishishga yo‘l berishga chaqirgan.
“San'at va hunarmandchilik shousi Isroil mintaqamizda “haqiqiy yadroviy qurol”ni o‘z ichiga oluvchi “maxfiy” va “ovoza qilinmagan” yadroviy qurol dasturiga ega yagona tuzum ekanini yashira olmaydi. Isroil yadroviy qurol dasturiga egaligini tan olishi va xalqaro inspektorlarga u bilan tanishishga yo‘l berishi vaqti keldi”, deb yozgan Zarif tvitterda.
Netanyaxu BMT minbaridan Isroil razvedkasi Tehronda tonnalab yadroviy qurilma va materiallar saqlanadigan maxfiy omborni aniqlaganini aytgan. U o‘z so‘zlari isboti sifatida sun'iy yo‘ldoshdan olingan, temir eshikka ega devor suratlarini namoyish qilgan.
Isroil bosh vazirining aytishicha, bu obekt ichida umumiy og‘irligi 300 tonnaga yetishi mumkin bo‘lgan kamida 15 ta konteyner mavjud. Ta'kidlanishicha, obekt yil boshida Isroil razvedkasi tomonidan o‘g‘irlanib, Erondan maxfiy ravishda olib chiqib ketilgan atom loyihasi arxivi saqlangan joy yaqinida joylashgan. Netanyaxu MAGATE’ni zudlik bilan shu hududda tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026