Tayvanlik xaker jonli efirda Facebook’dan Tsukerbergning sahifasini o‘chirib tashlamoqchi
Chang Chi-Yun ismli tayvanlik xaker jonli efirda Facebook ijtimoiy tarmog‘idan uning asoschisi Mark Tsukerbergning sahifasini o‘chirib tashlashga harakat qilib ko‘rishini e'lon qildi.
Bloomberg’ning xaker e'loniga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, xakerning ijtimoiy tarmoqni buzib kirishga urinishi translyatsiyasi 30 sentabrda mahalliy vaqt bilan 18da boshlanadi. Xaker o‘z rejasining tafsilotlari bilan bo‘lishmagan.
Xaker turli dasturiy ta'minotlardagi zaif joylarni topib, ular haqidagi ma'lumotni sotish bilan kun kechiradi. U Tayvanda katta mashhurlikka ega bo‘lib, turli tok-shoularga mutaxassis sifatida taklif etib turiladi.
“Men “to‘g‘ri” xaker va hattoki umuman xaker bo‘lmoqchimasman. Men shunchaki zerikaman va ozgina pul topish uchun shunday sho‘xliklar qilib turaman”, deb ma'lum qilgan xaker.
Ko‘plab “oq xakerlar” zaif joylarni topish orqali pul topadilar. Yirik kompaniyalar ularga zaif joylarni topgani uchun bug bounty dasturlari doirasida mukofot puli to‘laydilar. Misol uchun, 2016 yilda Apple o‘zining shunday dasturini ishga tushirgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu dastur bo‘yicha maksimal to‘lov 200 ming dollarni tashkil qilishi mumkin.
Facebook vakillari tayvanlik xakerning rejasi bo‘yicha izoh berishmagan.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024