Sport | 23:03 / 29.09.2018
10030
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus» irodali tarzda «Napoli»ni yengdi, Ronaldu uchta golda ishtirok etdi

Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Yuventus» o‘z maydonida «Napoli» bilan bellashib, 3:1 hisobidagi irodali va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hisob 10-daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Himoyachilar xatosidan foydalangan Mertens to‘pni darvozaga yo‘lladi. Oradan 16 daqiqa o‘tgach, hisob tenglashdi. Ronaldu oshirgan to‘pni Manjukich boshi bilan darvozaga kiritdi. 49-daqiqada Krishtianu uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Manjukich uni bo‘sh qolgan darvozaga aniq yo‘lladi. 76-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Ronaldu boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. Himoyachilardan ildamroq harakat qilgan Bonuchchi uni darvozaga kiritib yubordi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 21 ochko bilan 1-o‘rinda, «Napoli» esa 15 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 

A Seriya, 7-tur
Yuventus – Napoli 3:1 

29 sentabr, «Alyants Stedium» 
Gollar: 0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Manjukich, 2:1 – 49 Manjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi. 
Yuventus – Shchensni, Kellini, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Bonuchchi, Pyanich, Matyuidi, Jan (Bentankur, 62), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 64), Manjukich (Kuadrado, 84).
Napoli – Ospina, Albiol, Xyusay, Mariu Ruy, Kulibali, Zelinski (Malkyui, 61), Gamshik (Fabian Ruis, 70), Insine, Allan, Kalexon, Mertens (Milik, 61).
Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (24), Kulibali (40), Xyusay (55), Bonuchchi (60), Insine (60), Joau Kanselu (69), Aleks Sandro (85).
Chetlatish: Mariu Ruy (58).

Mavzuga oid