Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat vazirligi majburiy mehnat uchun jarimalarni sezilarli darajada oshirishni taklif qilmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatga majburlash bo‘yicha jarima miqdorini oshirishga qaratilgan hujjatni tayyorladi.
«Vazirlik mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi “Mehnatga ma'muriy tarzda majburlov” bo‘yicha jarima miqdorini sezilarli darajada, ya'ni birinchi qonunbuzarlik holatida eng kam oylik ish haqining 25-50 barobari va takroriy holatda eng kam oylik ish haqining 50-100 barobari miqdorida oshirishga qaratilgan hujjat ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda», - deya xabar berishgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan.
Hozirda ushbu modda bo‘yicha jarima miqdori EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi paxta terimiga majburiy jalb qilish holati kuzatilganda fuqarolar vazirlikning +998712000601 raqami yoki @mehnathuquqbot telegram bot ishonch tarmoqlariga murojaat qilishlari zarurligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026