Sinovlarsiz nostrifikatsiyalash hollari ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda
Ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozishicha, hozirgi vaqtda nostrifikatsiyalash Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Uning taomilini soddalashtirish taklif qilinayotir.
Birinchidan, ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni maxsus sinovlarsiz (yoki soddalashtirilgan tartibda) tan olish amaliyotini kengaytirish tashabbusi bilan chiqildi.
Ikkinchidan, diplomlarni nostrifikatsiyalash uchun arizalar va hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bunday servis Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy saytida ishga tushirilgan, biroq ayni paytda havola ishlamayapti.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:13 / 07.11.2024
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:39 / 01.06.2024
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
16:00 / 30.05.2024
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi. Bunday ta’qib uchun javobgarlik bor
08:26 / 14.05.2024