“Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi qonunlarga dori vositalarini retsept bilan va retsepsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş tartibini tasdiqlaş vakolati Soğliqni saqlaş vazirligi zimmasiga yuklandi.
Retsepsiz yoki şifokor retsepti böyiça beriladigan dori vositalari töğrisidagi axborotni ularning tibbiyotda qöllanişiga doir yöriqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida körsatiş talabi joriy etildi.
Import örnini bosuvçi kimyoviy mahsulotlarni işlab çiqariş hajmlarini kengaytiriş maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar töğrisida”gi qonunga yuridik şaxslarga IV röyxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegişli litsenziyalarga asosan işlab çiqariş va tayyorlaş huquqi berildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.







