Xorazmda “şikoyatçi fuqarolar röyxati” tuzildi. Urganç va Xiva şaharlari, Qöşköpir, Xiva hamda Yangiariq tumanlari kesimida tuzilgan röyxatdan 44 nafar fuqaro joy olgan.
Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaroning ta’kidlaşiça, mazkur röyxatni qaysi taşkilot tuzgani ma’lum emas. Fuqarolar uşbu röyxatni viloyatda sektor rahbarlari iştirokida ötkazilgan sayyor qabulda körib qolgan.
Röyxatda “Xorazm viloyatida ariza yozişni taşkil etadiganlar, norozi kayfiyatni kuçaytirişga harakat qiladiganlar, ariza taşkillaştirişni odat qilib olgan 44 nafar fuqaro” haqida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, röyxatda viloyatning Qöşköpir tumanida bunday fuqarolar soni 4 nafar ekani körinadi.
Masalan, fuqaro Muhammad Nurimov “özi bilan boğliq bölmasa-da, öz manfaati yölida yaşaş hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy va maişiy muammolarni internet orqali kötarib çiqiş” aybi bilan röyxatdan joy olgan. Yana bir fuqaro Xolbek Nurjonov esa şunçaki köp minnatdorçilik bildirgani sababli röyxatga kiritilgan.
Mazkur röyxat qaysi taşkilot tomonidan nima maqsadda tuzilgani yoki qayerga taqdim etilgani aniq emas.
Bu qonunga zid
“Şikoyatçi fuqarolar röyxati”ni tuziş hamda şaxsni mas’ul idoralarga qilgan murojaati tufayli ta’qib qiliş mavjud qonunçilikka zid hisoblanadi.
Jumladan, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonunning 20-moddasiga köra, jismoniy şaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik şaxsni, uning vakilini va yuridik şaxs vakilining oila a’zolarini ular öz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini röyobga çiqariş yoki himoya qiliş maqsadida davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga murojaat etgani, şuningdek, murojaatlarda öz fikrini bildirgani va tanqid qilgani munosabati bilan ta’qib qiliş man etiladi.
Jinoyat kodeksining 144-moddasi 2-qismida jismoniy şaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik şaxsni, uning vakilini va yuridik şaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga murojaat qilgani munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uçun, xuddi şuningdek, boşqaça şaklda tanqid qilgani uçun mansabdor şaxs tomonidan ta’qib etişga javobgarlik belgilangan. Bunday qilmiş bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.








