11:18 / 01.10.2018
5779

Artel o‘qituvchi va murabbiylarni bayramlari bilan tabriklaydi

Hurmatli o‘qituvchilar, Siz bizga kichkinaligimizdan ilm o‘rgatgan, son va harflar bilan tanishtirgan, bilimlar dunyosiga yo‘l ko‘rsatgan muqaddas insonsizlar. Siz tufayligina biz o‘zligimizni anglab yetamiz va oqni qoradan ajratamiz.

Foto: Artel 

Siz nafaqat ilm o‘rgatasiz, balki ezgulikdan saboq berasiz. Yangi avlodlar uchun yuksak insoniy fazilatlar timsoli, ibrat namunasi sifatida xizmat qilasiz, ularni jamiyatimizning munosib fuqarolari bo‘lib voyaga yetishishiga ulkan hissangizni qo‘shasiz.

O‘qituvchilik kasbi asrlar davomida yuksak hurmatga ega. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim-tarbiya sohasiga katta e'tibor qaratilgan. Hozirda yurtimizda ta'lim tizimida turli islohotlar olib borilmoqda, o‘qish jarayonining va o‘qituvchilarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko‘pdan ko‘p islohotlar amalga oshirilmoqda.

“Siz, azizlarning ana shu ezgu maqsadlarga erishish, inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi O‘zbekiston davlatini barpo etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli mehnatingizni munosib qadrlash uchun biz davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga tayyormiz” – deb o‘z fikrini bildirgan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Artel 

Yangi avlodlarning barkamol bo‘lib voyaga yetishishida, dunyoqarashi keng, oq va qorani ajrata oladigan yuksak ma'naviyat va ma'rifat egasi bo‘lib ulg‘ayishlarida o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni cheksizdir. Hurmatli o‘qituvchilar, Artel korxonasi Sizni O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklaydi, amalga oshirayotgan mashaqqatli mehnatingiz doimo lazzat bag‘ishlashini tilaydi. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-omad, xonadoningizga esa fayz-u baraka tilab qoladi.

Top