Fan-texnika | 22:13 / 02.10.2018
8580
2 daqiqa o‘qiladi

BMW ovozli yordamchiga ega yangi avtomobil taqdim qildi

3-seriyadagi yangi BMW modelida Intelligent Personal Assistant ovozli yordamchisi o‘rnatilgan bo‘lib, uni “Hey BMW” yoki “OK BMW” iboralari bilan chaqirish mumkin.

Ushbu yordamchi haydovchiga avtomobil holati va funksiyalari haqida maslahat berishi mumkin. Misol uchun, u “Uzoqni yorituvchi chiroq yordamchisi qanday ishlamoqda?”, “Moy sathi me'yordami?”, “Menda qanday xabarlar bor?” va shu kabi savollarga javob bera oladi.

BMW vakillarining aytishicha, yordamchining funksiyalari va malakalari diapazoni dasturiy ta'minoti yangilanishi bilan birga kengaytirib boriladi.

BMW’da yordamchi bilan birga Amazon’ning Alexa ovozli yordamchisi ishlaydi. U mashina bilan bog‘lanmagan buyruqlarga javob bera oladi. Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, mashina bozordan kelib chiqib turli yordamchilarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. 

BMW 3 haydovchiga yordam tizimlari: polosa bo‘ylab yurish va oldinda ketayotgan mashinadan masofa saqlash, yon tomondan va orqa tomondan zarbalar xavfidan ogohlantirish bilan jihozlangan. Mashinada, shuningdek, orqa bilan yurish yordamchisi o‘rnatilishi mumkin. U avtomobilga avval yurilgan yo‘l bo‘ylab avtomatik ravishda 50 metrgacha orqaga yurish imkonini beradi.

BMW 3 2019 yil 9 martdan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid