Toshkent shahrida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan ikkita BMW voqeasi ishtirokchilaridan biri bu qilmishidan faxrlanishini aytdi.

Bu shaxs – avtomobillarni tyuning qilish bilan shug‘ullanadigan Uzbelas Performance avtoservisi xodimi Asadbek Jumayev bo‘lib, u boshqalar “15 sutkaga kirib ketishi” mumkin bo‘lgan harakati uchun “kichkina jarima” bilan qutulib qolganini aytib maqtandi va tanish-bilishlari ko‘pligiga ishora qildi.

Yanvardagi voqea

2026 yil yanvar oyi boshida Toshkent shahri Shahrisabz ko‘chasida ikkita BMW avtomobili YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan ketib qolgani aks etgan video tarqalgan edi. Ikkala mashinaga ham qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilgan, mashinalardan birida davlat raqam belgisi bo‘lmagan.

O‘shanda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Kun.uz'ga bergan izohida BMW'lardan biri topilib, jarimaga maydonchasiga joylashtirilgani, ikkinchi avtomobil esa qidiruvda ekanini ma’lum qilgandi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)