BMW asboblar panelida qisqa tutaşuv xavfi borligi sabab butun dunyo böylab taxminan 330 000 ta avtomobilni qaytarib oladi. Bu haqda 27 fevral, juma kuni dpa agentligi kompaniyaning Germaniya Federal avtotransport idorasi (Kraftfahrt-Bundesamt, KBA) ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan tegişli bildirişnomaga tayanib xabar berdi.

Gap 2022 yil 9 iyundan 2025 yil 5 dekabrgaça işlab çiqarilgan i5, 7 Series, M5, 5 Series va i7 modellari haqida bormoqda. BMW ma’lum qilişiça, asboblar panelida simlarni notöğri ötqiziş “salon mikrofiltri almaştirilganda kabellar şikastlanişiga va ehtimoliy qisqa tutaşuvga — yonğin çiqişiga olib kelişi mumkin”.

Dpa qayd etişiça, kompaniyaga hozirça uşbu nuqson bilan boğliq birorta ham baxtsiz hodisa ma’lum emas. BMW moy va salon filtrini almaştirgan mijozlariga kabellarning xavfsizligini darhol tekşiriş va zarur bölsa, qöşimça xavfsizlik çoralari bilan qayta işlaşni tavsiya qilmoqda.

2026 yil fevral oyi boşida BMW konserni yonğin çiqiş xavfi tufayli taxminan 500 000 ta avtomobilni ham qaytarib olgan edi.

2-seriya Coupe, 3-, 4- va 5-seriyalarning bir neça variantlari, 6-seriya Gran Turismo, 7-seriya Limousine, şuningdek BMW X4, X5, X6 va Z4 modellari tekşirilganda, ularning magnitli öçirgiç köp marta işga tuşirilgandan söng yeyilib (eskirib) ketişi mumkinligi aniqlangan. Handelsblatt gazetasi xabar qilişiça, bu avtomobilni işga tuşirişda muammolar, qisqa tutaşuv va starterning qizib ketişi xavfini keltirib çiqarişi mumkin.