14:04 / 02.10.2018
36952

Xiaomi arzon narxdagi “aqlli” telefonini sotuvga chiqardi

Xiaomi kompaniyasi Qin AI Phone deb nomlangan tugmali telefonini taqdim etdi. Uning nomidagi AI qisqartmasi (artificial intelligence) telefonda sun'iy ongdan foydalanilishini bildiradi.  

Foto: Xiaomi

Uning displeyi diagonali 2,8 dyuym bo‘lib, qurilma Android Mocor 5 OS operatsion tizimida ishlaydi. Telefonning ovozli yordamchisi turli buyruqlarni bajarish bilan birga 17 ta tildan xitoychaga va aksincha tarjima qila oladi. Bundan tashqari, u har xil savollarga javob berishi, bolalarga ertaklar aytib berishi, masofadan turib infraqizil uzatgichli elektr jihozlarini o‘chirib-yoqishi mumkin.

Telefonning narxi 54 dollarni tashkil etadi.

Foto: Xiaomi

Ma'lum qilinishicha, telefonni ishlab chiqarish uchun mablag‘ kraudfanding yo‘li bilan to‘plangan – 60 mingdan ortiq kishi 2,6 million dollar pul yig‘ib bergan.

 

Foto: Xiaomi
Foto: Xiaomi
Top